Talabalar va bitiruvchilarga

Rezyumeni asl ma’nosi “hayot yo’li” deganidir. Unga aniqroq ta’rif beradigan bo’lsak, “rezyume” sizni (mahsulot sifatida) ish beruvchiga (xaridorga) sotish uchun
reklama qilishga mo’ljallangan marketing hujjatidir.

Foydalanilish maqsadi
Rezyumening yagona maqsadi – ish beruvchiga sizni ma’lum bir lavozimga loyiqligingizni ko‘rsatish va sizni suhbatga chaqirishlari uchun zamin yaratish. U ish
beruvchiga siz haqingizda ma’lumotga ega bo’lishi va uni ma’lum bir lavozimga loyiqligingizga ishontirishi kerak. Rezyumening ishga kiruvchilar to‘ldiradigan
so‘rovnomadan farqi shundaki, unda qanday ma’lumotni yozish yoki yozmaslik ihtiyori o‘zingizda bo‘ladi. Shu sababli, siz ma’lum bir lavozimga loyiqligingizni
namoyon etuvchi ma’lumotlarni tanlashingiz va yozishingiz mumkin.

Rezyume quyidagi vaziyatlarda ishlatilishi mumkin:

  • Bo‘sh ish joyi haqidagi e’longa javob yozish uchun, albatta agar rezyume talab qilingan bo‘lsa
  • Sizning nomingizdan ish yurituvchi Mehnat agentligiga yuborish uchun Ma’lum bir kompaniyaga tavakkaliga murojaat qilish uchun, ya’ni, ma’lum bir ish beruvchiga tashkilotida e’lon qilinmagan bo‘sh o‘rinlari haqida ma’lumot so‘rab yozilgan vaqtda
  • Mehnat yarmarkalariga olib borish uchun

Rezyumeni maqsadli yo‘naltirish

Rezyumeni eng samaralisi sizda ish beruvchi istagan fazilatlar va mahoratlarning borligini ko‘rsatuvchisidir. Shunday qilib, siz taklif qilinayotgan
lavozim qanday vazifalarni nazarda tutishini aniqlang (ish ta’rifi, lavozim majburiyatlari va boshqa manbalardan izlang, tadqiq qiling), o‘zingizning bilim va qobilyatlaringizni tahlil qiling va lavozimning shartlariga qanday qilib moskelishingingizni ko‘rsating hamda rezyumeni shunga muvofiq ravishda moslab yozishingiz darkor. Gap bu yerda ish beruvchilar nima qila olishi haqida emas, balki siz ish beruvchi korxona uchun nima qila olishingiz haqida bormoqda.

Mos rezyumeni tanlash

Umuman olganga, siz istagan turdagi yoki shakldagi rezyumedan foydalanishingiz mumkin. Lekin, o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotni qanday namoyish etishingiz sizni ish masalasida muvaffaqiyatga erishishingizga katta ta’sir qilishi mumkin.
Rezyume shaxsiy hujjat bo’lib, uning hech qanday to‘g‘ri deb hisoblangan turi bo‘lmasa ham, unda quyidagi bo‘limlarning bo‘lishi odatiy deb qabul qilingan;
rezyumening turlariga qarab uning tartibi xar hil bo‘lishi mumkin. Odatda, rezyume shaxsiy ma’lumotlar bilan boshlanadi. Ismingiz va familiyangiz odatda katta to‘q harflar bilan eng yuqoridan sarlavha sifatida yoziladi. “Rezume” deb yozishga hojat yo‘q.
Shaxsiy ma’lumotlar: To‘liq ism-sharifi, manzili (doimiy va vaqtinchalik), (uy va uyali) telefon raqami hamda elektron pochta manzili. So’nggi inson
huquqlarining tengligini ta’minlash bo’yicha qonun-qoidaga ko’ra, hozirda tug‘ilgan sanasini rezyumega kirgizish shart emas. Chet ellik talabalar millatini
hamda mehnat uchun ruxsat etilganligini ko’rsatilishi tavsiya etiladi.
Kasbda erishmoqchi bo’lgan maqsad: Bu yerda taklif etilayotgan lavozimga taaluqli sizda bor jihatlarni reklama qiluvchi 3-4ta satr yoziladi. Bunda asosiy
mahoratlar, aloqalar, bilim va tajribangiz haqida va ularga qanday erishganingiz haqida yoziladi. Ammo, u o‘zingizda yo’q, ammo shu ushga mos keladigan hislatlar ro‘yhati emas. Mazkur bo‘lim ixtiyoriy bo‘lib, undagi ma’lumotlarni ilova hatida yozsa ham bo‘ladi.
Ma’lumoti: Teskari xronologik tartibda yoziladi. Ishga oluvchilar yaxshiroq tushunishlari uchun hozirgi o‘qishingiz haqida batafsilroq yozing (iloji bo‘lsa 3-6 ta
taaluqli fanlarni va dissertatsiya/diplom ishingiz mavzusini yozing).

Mehnat faoliyat/Ish tajribasi: Eng oxirgi ish joyi bilan boshlanadi. Unda siz doimiy va vaqtinchalik ishlagan joylaringizdan tashqari o’qish joyidan yo’llanma
bilan amaliyot o’tgan, o’qishdan bo’sh vaqtingizda ishlagan, ko’ngilli (volontor) bo’lib ishlagan joylaringizni ko’rsating. Jumlalar aniq va qisqa bo‘lsin va agar
bajargan/bajarayotgan vazifalaringiz ishga taaluqli bo‘lmasa, e’tiborni vazifalardanko‘ra ko‘proq mahoratlaringizga qarating. Agar bir-biriga o‘xshash ishlarning
ro‘yhati cho‘zilib ketsa, ularni guruhlarga ajratib yozing.
Mahoratlar: Maskur bo‘limga siz ish tajribasi bo‘limidan farqli ravishda o‘z tajribangizdan olingan misollar orqali egallagan mahoratingizni, masalan kompyuter
savodxonligi va chet tillarini bilish kabi mahoratlaringiz haqida yozishingiz mumkin.
Qiziqishlari: Mazkur bo‘limdan hayotingizni ko‘proq shaxsiy jihatlarini namoyish etishda foydalaning va ko’rsatilgan faoliyat turidagi ishtirokingiz va ishqiyoqingiz darajasini ko‘rsatishga harakat qiling.
Tavsiyanomalar: Sizni tavsiya qila oladigan ikki kishining ism-sharifini, egallagan lavozimini ko‘rsatishingiz mumkin. Birinchi kishi – o‘qigan ta’lim muassasidan berilishi kerak. U ko‘pincha sizning bilimingiz darajasini yaxshi bilgan o‘qituvchingiz yoki sinf yoki ilmiy rahbaringiz bo‘lishi mumkin. Ikkinchi tavsiyanoma – hozirgi yoki oldingi ish joyingizdan yoki ko‘ngilli bo’lib ishlagan joydan, hatto siz faol ishtirok etgan ma’lum bir faoliyat bo’yicha bo’lishi mumkin (masalan, Sport komandasi sardori). Tavsiyanoma olishda oila a’zolaringizdan yoki do‘stlaringizdan foydalanmang. Har doim tavsiyanoma beruvchilarni rezyumega
yozishdan oldin ular bilan bog‘laning. Agar rezyumeda joy kam bo‘lsa, faqatgina “Tavsiyanomalar talab qilinganida taqdim etiladi” deb yozish bilan kifoyalaning.

Bitiruvchilarga

“Qo‘rqmasdan harakatni boshlang, o‘z ustingizda ishlang, tillarni o‘rganing, hayotdan zavq oling, uni hozir yashang, kelajakka ishlarni qoldirmang, orzu qiling va ularni amalga oshirish uchun har kuni qadam qo‘ying."

HM Partners va TEAM University hamasoschisi: Hikmat Abduraxmonov

Mashhurlar karyera haqida